Gidravlika fanidan olimpiada tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 9 - sentabr, 562-son “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish” qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasida “Gidravlika” va “Gidravlika va gidravlik mashinalar” fanidan respublika fan olimpiadasining birinchi universitet bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Fan olimpiadaiga qatnashish maqsadida universitetning barcha fakultetlari bo‘yicha 50 dan ziyod iqtidorli talabalar tashrif buyurdilar.
27 - aprel kuni 13-30 da “Gidravlika” fanidan, xuddi shu kuni 15-00 da esa “Gidravlika va gidravlik mashinalar” fanidan fan olimpiadalariga start berildi.
Fan olimpiadalarining natijalari 5 may 2022 - yil sanasida eʼlon qilinadi.
Universitet matbuot xizmati