Gidravlika fani bo‘yicha kitobxonlik tanlovi o’tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha talaba yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida:
“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasida “Gidravlika” fani bo‘yicha kitobxonlik tanlovini rejalashtirib, tanlov uchun A. Arifjanov, Q. Rahimov, A. Xodjiyevlar tomonidan 2016 - yilda yaratilgan “Gidravlika” nomli kitobning mazmun - mohiyati bo’yicha og’zaki savol javob tarzida olib borilishi e’lon qilingan edi.
2022 - yil 27 - aprelda tashkil etilgan tanlovda universitetning barcha fakultetlaridan 25 dan ziyod talabalar ishtirok etdilar hamda kitobning mazmun - mohiyati bo’yicha ishtirokchi talabalarning bilimlari og’zaki savol - javob tarzida sinovdan o’tkazildi.
Tanlov g‘oliblari 2022 - yil 6-may sanasida e’lon qilinadi.
Universitet matbuot xizmati