TIQXMMI yangiliklari

img
24.06.2024

“Gidomeliorativ ishlarini mexanizasiyalash” fa`kultetini 1994 -yil bitirgan  kursdoshlar uchrashuvi

2024 yil 22 iyun kuni “TIQXMMI” –MTU ning “Gidomeliorativ ishlarini mexanizasiyalash” fa`kultetini 1994 -yil bitirgan  kursdoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi.  Uchrashuvda “TIQXMMI”-Milliy tadqiqot universitetini bitirganlar jamiyati boyicha ma’sul R. Ergashev, so’zga chiqib, bu jamiyatning  vazifalari va oldiga qo’yilgan maqsadlari  boyicha ma’lumotlar berdi.   t.f.n., dotsent   N.Q. Usmonov, I.J Xudoev     mehmonlarga kafedrada talabalarga bilim berish jarayonlari, olib borilayotgan ma’naviy -ma’rifiy va  Ilmiy tadqiqot  ishlari  boyicha ma’lumotlar berdilar. 

Bitiruvchilar nomidan A. Jumaboev, N. ISkandarov va  A. Komiljv:  “Biz Quacquarelli Symonds (QS) world ranking university 2024 yilda dunyoning eng nufuzli universitetlari reytingida O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari tarixida birinchi bor Top-550 ta dunyoning eng nufuzli universitetlari qatoriga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti reyting natijalariga ko'ra 547-o'rinni egallaganligi bilan universitet jamoasini tabriklaymiz va respublikadagi oliy o’quv yurtlari orasida bir necha yildan beri  1-o’rinni egallab turgan tabarruk dargohni bitirganimizdan hamisha faxrlanib yashaymiz” - deb fikr bildirdilar.   

 Mexmonlar  universitetning tarixi boyicha tashkil etilgan muzeyda, axborot resurs markazida, O’zbekiston qaxramoni shoir A. Oripov  muzeyida  xamda zamonaviy jixozlangan o’quv  auditoriyalarida  bo’ldilar.

Bitiruvchilar  uchrashuvga kelganlarni kutib olish va ustozlar bilan uchrashuvni yaxshi  tashkil etilganligi  uchun  universitet raxbariyati va tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.