Germaniya va O'zbekiston: universitetdagi xalqaro grant doirasidagi muzokaralar
Ma’lumki, universitetimizda Germaniyaning (IKI) International Climate Initiative tomonidan Medium Grants dasturining Qurilish sohasida energiya samaradorligi yoʼnalishida eʼlon qilingan tanlovda yetakchi taʼlim muassasasi sifatida qoʼlga kiritilgan Ebersvalde Barqaror Rivojlantirish Universiteti bilan hamkorlikdagi IMG2020_l_001_UZB_Energy efficiency in the building sector VEGERA “The improvement of energy efficiency in the building sector through the use of renewable raw materials from agroforestry systems” (Agroo‘rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyolaridan foydalanish orqali qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirish ) halqaro loyihasi 01.08.2021dan o’z faoliyatini boshlagan edi.
Umumiy qiymati 620.000 EUR tashkil qilgan ushbu grant ( 2021-2024y) boyicha asosiy tashkilot sifatida Germaniyaning Ebersvalde Barqaror rivojlantirish universiteti (HNEE), Butunjahon agro o‘rmon xo‘jaligi markazi (ICRAF- lnternational Centre for Research in Agroforestry ) va "Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti" Milliy Tadqiqot Universiteti xamkorlik qilmoqda.
Shuningdek, Berlin Texnika universiteti, Germaniya Arxitektura instituti- Tabiiy qurilish laboratoriyasi, Xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari bo‘yicha maslahat guruhi (CGIAR-), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) kabi bir qator halqaro tashkilotlar ham loyixaga o’zlarining ilg’or tajribalari bilan faol qatnashib kelishmoqda.
Joriy yilning 7 aprel sanasida loyixa doirasida zoom platformasi orqali “Pre-Dialogue Online event “ tadbiri tashkil qilinib, unda yuqorida ta’kidlangan xamkor tashkilot vakillari bilan bir qatorda Germaniyaning Ebersvalde Barqaror rivojlantirish universiteti (HNEE)dan coordinator Prof. martin Welp, Butunjahon agro o‘rmon xo‘jaligi markazi (ICRAF- lnternational Centre for Research in Agroforestry ) koordinatori Prof.Niels Thevs va VEGERA loyixasiga universitet koordinatori sifatida rector t.f.n, professor B.S.Mirzayev, loyixa a’zolari O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i dotsent D.X.Xodjayev va “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti v.b. G.Eshchanovalar qatnashishdi.
Tadbirda hamkorlar loyixa doirasida fikr-mulohazalarini bildirib, joriy yilning may oyida universitetimizda o’tkazilishi reja;lashtirilgan Xalqaro anjuman kun tartibi bo’yicha ham qarorlar qabul qilindi.
Germaniya xukumati tomonidan moliyalashtirilgan mazkur grant doirasida qatnashuvchi tashkilotlar bilan xamkorlikda xalqaro loyiha doirasida video yig‘ilishlar va muzokaralar olib borilmoqda va qo‘shimcha shartnomalar imzolanilmoqda. Loyiha doirasida Germaniyaning Z-U-G tashkiloti loyihalar bo‘yicha O‘zbekistondagi vakili Yuldasheva Dilfuza ham loyixaga o’z hissasini qo’shmoqda.
Umid qilamizki, mazkur xalqaro loyiha doirasida "Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti" Milliy Tadqiqot Universitetida grant mavzusi bo‘yicha Germaniyalik olimlar bilan tajriba almashinib, shu sohada universitetimiz ravnaqi yo‘lida professor va o‘qituvchilar, qolaversa o‘sib kelayotgan yosh avlodga zamonaviy ta’lim berishdek vazifalarni yanada mukammallashtirishga va O‘zbekiston Respublikasida yanada rivojlantirilishi kutilgan agroo‘rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyolaridan foydalanish orqali qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirishda rejalashtirilgan bir qator yutuqlarga erishiladi.
Universitet matbuot xizmati