"Geoinformatika qo’shma tadqiqot markazi"da ilmiy seminar o’tkazildi
Joriy yilning 11 - yanvar kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti “Geoinformatika qo’shma tadqiqot markazi”da yosh olim va tayanch doktorantlar uchun Avstraliya milliy universiteti bitiruvchisi Shuhrat Shokirov, PhD tomonidan Masofadan zondlash va uning qollanilishi mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi. Mazkur ilmiy seminarda 50 ga yaqin yosh olimlar ishtirok etishdi.
Shuhrat Shokirov taqdimot davomida Geoaxborot tizimlari va Masofadan zondlash va ularning qo’llanilishi bo’yicha o‘z ilmiy tadqiqot ishini olib borgan Avstraliya davlatida va jahonda olib borilayotgan eng so‘nggi ilmiy tadqiqot ishlari haqida batafsil maʼlumot berib o‘tdi. Seminarda ishtirok etgan yosh tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob olibgina qolmay, o‘zlari uchun maʼlum bir aniq yo‘nalishlarni ham belgilab olishdi. Shuhrat Shokirov o‘zining bir qancha taklif va tavsiyalarini berdi, jumladan, har oyda soha bo’yicha yosh olimlarning ishlarini kichik ilmiy seminar shaklida tashkil etib, ular davomida qo’ldan kelgancha ozining yordam va maslahatlarini berib borishga tayyorligini aytib o’tdi. Universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boyicha prorektori T.Sultanov ham ozining fikr va mulohazalarini bildirib, "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbaevga Shuhrat Shokirovni "Geoinformatika" kafedrasiga ishga taklif etish boyicha korsatma berdi.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati