E'lonlar

29.03.2022

"Geofazoviy ekotizimni loyihalash" mavzusidagi Markaziy Osiyoda GAT – GISCA 2022 va Geoinformatika bo’yicha GI 2022 an’anaviy xalqaro ilmiy konferensiya

 

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent, O’zbekiston.

AXBOROT XATI

2022 yilning 23-27 may kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyoda GAT – GISCA 2022 va Geoinformatika bo’yicha GI 2022 an’anaviy xalqaro ilmiy konferensiyalari uchun maqolalar qabul qilish boshlandi. Ushbu tadbirning asosiy vazifalari Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlarning GAT sohasidagi akademik, professor-o’qituvchi, tadqiqotchi va mutaxassislarini bir joyga to'plash, ijtimoiy-ekologik tizimlar bo’yicha faoliyat yuritayotgan olimlarini tarmoqlararo geofazofiy doktorantura va ilmiy tadqiqotlariga yo'naltirish, shuningdek, Geoinformatika sohasida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchi va doktorantlarning xalqaro miqyosdagi jamiyatlarga jalb etilishini kengaytirish, OTM va ITMlarning xalqarolashuvini kuchaytirish hamda GAT ta'limida xalqaro hamkorlik va bilimlar almashinuvini rag'batlantirishdan iborat.

Mazkur tadbir «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti («TIQXMMI» MTU) tomonidan Erasmus+ NICoPA loyihasi doirasida quyidagi hamkorlar bilan birgalikda tashkillashtirilmoqda:

  • Avstriya-Markaziy Osiyo GAT Markazi (ACA*GIScience);
  • «Eurasia-Pacific Uninet» tashkiloti, Avstriya;
  • Avstriya Fanlar akademiyasining GAT fanlari komissiyasi, Avstriya;
  • Zalsburgdagi Paris-Lodron universiteti, Avstriya;
  • Budapesht Iqtisodiyot va texnologiya universiteti, Vengriya;
  • Obuda Universiteti, Vengriya;
  • Shimoliy universiteti, Xorvatiya;
  • Berlin texnika universiteti, Germaniya;
  • Plovdiv qishloq xo‘jalik universiteti, Bolgariya;
  • Pragadagi Chexiya tabiiy fanlar universiteti, Chexiya;
  • Exolaunch GmbH, Germaniya;
  • Saken Seyfullin nomidagi Qozog‘iston agrotexnika universiteti, Qozog‘iston;
 
  • Shokan Ualixanov nomidagi Kokchetov davlat universiteti, Qozog‘iston;
  • M. Kozibaev nomidagi Shimoliy Qozog‘iston davlat universiteti, Qozog‘iston;
  • S.A.Niyazov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti, Turkmaniston;
  • Turkmaniston davlat arxitektura-qurilish instituti, Turkmaniston;
  • Turkmaniston qishloq xo‘jaligi instituti, Turkmaniston;
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston;
  • Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston;
  • O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, O’zbekiston.

Konferensiyaning asosiy mavzulari:

Geoinformatika bo’yicha:

  • mintaqaviy barqaror rivojlanishda geoinformatika;
  • geofazoviy infratuzilmalar va ekotizimlarni rivojlantirish;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda aholi salomatligi sohasi boshqaruvida geoinformatika;
  • qishloq xo'jaligi, suv resurslarini boshqarishda geoinformatika;
  • geodeziya, kartografiya, kadastr va yer tuzish sohasidagi yangi tendensiyalar va texnologiyalar;
  • madaniy va tabiiy meros obyektlarini boshqarishda geoinformatika;
  • geoinformatika sohasida kasbiy va uzluksiz ta’lim;

Qishloq va suv xo’jaligi bo’yicha:

  • aniq (koordinatali) qishloq xo’jaligi, datchiklar, masofadan zondlash;
  • qishloq xo’jaligi mashinalari;
  • ekotizimlar va suv resurslarini boshqarish;
  • aniq (koordinatali) qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti;
  • yerdan foydalanish va yer qoplamini barqaror rivojlantirish;
  • gidrologiya, gidrotexnika inshootlari.

 

Konferensiya hay'ati yuqorida keltirilgan anjuman mavzulariga oid yozilgan ilmiy maqolalarni qabul qiladi. Konferensiyada ilmiy maqolaning taqdimoti (prezentatsiya) yoki poster bilan ishtirok etish mumkin. Ekspertlar tomonidan ko'rib chiqilib, taqrizdan o’tgan va konferensiyaga qabul qilingan ingliz tilidagi ilmiy maqolalar SCOPUS va/yoki Web of Science-da indekslangan jurnalda nashr qilinadi. Shuningdek, tanlab olingan eng yaxshi maqolalar Xalqaro Geoinformatika jurnalida chop etish uchun tavsiya etiladi (http://journals.sfu.ca/ijg/index.php/journal/index).

Konferensiyada ishtirok etmoqchi bo’lganlar poster yoki taqdimot (prezentatsiya) uchun ilmiy maqolalarini topshirishga taklif qilamiz. Konferensiya ilmiy kengashi qatnashchilarining ilmiy maqolalarini taqrizdan o’tkazish orqali tanlab oladi va taqdimot uchun tavsiya qiladi.

 

Ushbu axborot xatini konferensiya mavzulari bo’yicha qiziqqan barcha professor- o'qituvchilar, tadqiqotchilar, talaba va magistrantlar hamda mutaxassislarga tarqatishingizni so'rab qolamiz.

Maqolalarni qabul qilish 2022 yilning 15 apreliga qadar amalga oshiriladi.

Bir nafar muallifdan ko'pi bilan ikkita maqola qabul qilinadi. GISCA 2022 va GI 2022 konferensiyalariga oid barcha to’liq ma’lumotlarni konferensiyaning quyidagi rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin:

https://www.aca-giscience.org/pages/gisca-2022,  http://giconference.tiiame.uz/

COVID-19 tufayli mazkur konferensiya onlayn hamda oflayn tarzda o'tkaziladi. “TIQXMMI” MTUda konferensiyada oflayn tarzda shaxsan ishtirok etish uchun konferensiya tashkilotchilariga bog’lanishingizni so’raymiz. Qo'shimcha ma'lumotlar konferensiya veb-sahifasidan olishingiz mumkin.

MAQOLALARNI  RASMIYLASHTIRISH TARTIB-QOIDALARI

  1. Iltimos, maqolangizni (5-15 bet) IMRAD strukturasi bo’yicha berilgan namuna asosida professional ingliz tilida (Proofreading qilingan holda) tayyorlang:
  2. Maqolangizni quyidagi manzilga yuboring: giconferences2022@gmail.com
  3. Konferensiya kengashi tasdiqini kuting.

Taqdim etilgan maqolalar maxsus plagiat dasturida tekshiriladi va har qanday etik qoidabuzarlik jiddiy ko'rib chiqiladi.

RO'YXATDAN O’TISH VA TO'LOVLAR

Iltimos, konferensiya saytidagi http://giconference.tiiame.uz/ ro'yxatdan o'tish shaklini to'ldiring.

Har bir maqolani chop ettirish to’lovi miqdori – $150

Ro'yxatdan o'tish, to’lovlarni amalga oshirish, konferensiya dasturi va vizaga murojaat qilish tartib-qoidalari bo’yicha ma’lumotlar zarur bo’lsa, konferensiya tashkiliy qo’mitasiga murojaat qiling. Sizni Xalqaro konferensiyada kutib qolamiz!

Konferensiya koordinatori:

Ilhom Abdurahmanov,

giconferences2022@gmail.com, ilhom.isakovich@gmail.com

Konferensiya kotibi:

Akbarjon Xamraliyev, giconferences2022@gmail.com, khamraliyev@mail.ru Tel.: +998999999110 (Telegram, WhatsApp mavjud)

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU). Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O’ZBEKISTON