TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2022

Gender tenglik masalalari va gender madaniyati

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida “Xotin-qizlarni har taraflama qo’llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash borasidagi dolzarb vazifalari to’g’risida” 2022-yil 1-mart kuni  kengaytirilgan tarzda O’tkazilgan videoselektor yig’ilishi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-sonli, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo’llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2022- yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmonlari mazmun-mohiyatini tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga yetkazish hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 51-sonli bayoni bilan tasdiqlangan yo’l xaritaning 71-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-15-aprel kunlari Urganch Davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida O’quv-seminar bo’lib o’tdi.

Ushbu o’quv –seminariga oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri maslahatchisi O.Jamoliddinova moderatorlik qildi.

 

Ushbu o’quv seminariga "Yer resurslari boshqarish" fakultetining xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova qatnashdi. O’quv-seminarida ko’pgina muammoli masalalar to’g’risida ma’ruzalar o’qildi.

15 aprel kuni Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.

Universitet matbuot xizmati