Is gazidan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak?
Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti maʼruzalar zalida fakultet dekani Sh.Narbayev dekan muovini H.Eshova va fakultet tyutri S.Ibragimova tashabbusi bilan “Is gazidan zaharlanishning oldini olish” boʼyicha tadbir oʼtkazildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi markazi boshligʼi oʼrinbosari B.Ubaydullayev, Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi katta leytenant J.Matkarimov, Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi katta leytenant X.Saydxoʼjaev, Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi leytenant I.Raxmatullaev, Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi serjant M.Raximov, Toshkent shahar Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik B.Samigov, Universitet huquq targʼibot maskani profilaktika katta inspektori А.Ubaydullayevlar oʼz maʼruzalari bilash ishtirok etishdi. Fakultet dekani Sh.Narbaev, tadbirni ochib berib, yigʼilish ishtirokchilarini bugungi mavzu boʼyicha tanishtirdi. Kuz-qish mavsumida aholi oʼrtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholining bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda ijaraga yashovchi talabalar oʼrtasida tadbir tashkil qilindi.
Soʼng soʼz navbatini Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi katta leytenant X.Saydxoʼjayevga berdi. X.Saydxoʼjayev soʼzga chiqib, bugungi mavzu boʼyicha talaba-yoshlarga maʼlumot berib, u oʼz nutqida tahliliga koʼra, Qish mavsumi yaqinlashgani sari yurtimizning turli hududlarida is gazidan zaharlanish, hattoki oʼlim holatlari koʼpayishi bugungi kunda Respublik boʼyicha 60 dan ortiq is gazidan zaharlanish holatlari kuzatilganligi toʼgʼrisida maʼlumot berib oʼtdi. Is gazi nima, undan qanday saqlanish mumkin, qish arafasida xonadonlarda qanday ehtiyot choralari koʼrilishi kerakligi boʼyicha mutaxassislar talaba-yoshlarga kerakli maʼlumotlar berib oʼtdi. Jumladan, gaz plitasidan binoni isitish va uning ustida kiyimlarni quritish, shuningdek, plitani nazoratsiz yoqilgan holatda qolishiga yoʼl qoʼymaslik va hokazo.
Bundan tashqari, gaz sizib chiqayotganini ochiq olov, masalan gugurt chaqib tekshirib koʼrish mumkin emasligi to‘gʼrisida ham atroflicha gapirib oʼtdi. Tadbir davomida talaba-yoshlarga Is gazi bilan zaharlanishning oldini olish chora-tadbirlari aks ettirilgan videorolik namoyish etilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan javob berildi. Shuningdek, tadbirga soʼzga chiqqan mutaxassislar talabalarga eng avvalo, uy egasi bilan ijara shartnoma qilish lozimligi toʼgʼrisida kerakli, ijarada yashash tartib qoidalari toʼgʼrisida, ijarada yashash manzili boʼyicha mahalla hamda uchastka noziri bilan doimiy aloqada boʼlishlari lozimligi toʼgʼrisida ham batafsil maʼlumotlar berishdi. Tadbir 2 qismda oʼtkazildi. Birinchi qismi mutaxassislar tomonidan talaba-yoshlarga is gazi bilan zaharlanishning oldini olish boʼyicha maʼlumotlar berib oʼtildi. Ikkinchi qismida fakultet hovlisida is gazidan zaharlanishning oldini olishga qaratilgan real koʼrgazmalar tashkil qilindi.
Tadbir yakunida fakultet dekani Sh.Narbaev talaba-yoshlar oʼrtasida mana shunday tadbirlar va targʼibot-tashviqot ishlarini olib borish yoshlar oʼrtasida turli noxush holatlarni oldini olishga katta yordam berishi shubhasiz ekanligi haqida gapirib mehmonlarga oʼz minnatdorchiligini bildirdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti
Universitet matbuot xizmati