TIQXMMI yangiliklari

img
29.09.2023

Is gazidan zaharlanmaslik uchun

Is gazidan zaharlanish va turli noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan uchrashuv va tadbirlar jadvaliga muvofiq “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va Huquq” fakultetining ijarada yashovchi talabalar ishtirokida “Is gazidan ehtiyot bo’ling” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Unda universitetning “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti N.Saidxonova so’zga chiqib, talabalarga xonadondagi gaz qurilmalaridan xavfsizlikka rioya qilgan holda foydalanish, yong’in xavfsizligiga amal qilish shuningdek, muddati o’tgan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida kelib chiqayotgan botulizm va boshqa kasalliklar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Mahsulotni sotib olishda yoki iste’mol qilishda uning yaroqlilik muddatiga ahamiyat berish kerak ekanligi alohida ta’kidlandi.

 

Barchamizga ma’lumki, har yili kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan aholida gaz va isitish tizimlariga ehtiyoj oshadi. Aholi tomonidan qo’lbola va sifatsiz qurilmalar ishlatilishi, shuningdek, gaz qurilmalaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasdan foydalanish natijasida is gazidan zaharlanish va yong’in hodisalari soni ko’payadi. Kuz-qish mavsumi yaqinlashib kelayotgani sababli o’tkazigan mazkur tadbir shunisi bilan ham ahamiyatlidir.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori Xursandbek Ro'zmetov axboroti

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI