TIQXMMI yangiliklari

img
21.10.2023

Is gazidan zaharlanishni oldini olish, zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak

"Yer resurslari va kadastr" fakulteti maʼruzalar zalida fakultet dekani Sh.Narbayev dekan muovini H.Eshova tashabbusi bilan birinchi kurs talaba-yoshlar o'rtasida “Is gazidan zaharlanishni oldini olish” boʼyicha tadbir oʼtkazildi. Tadbirda "Hayot xofsizlik" kafedrasi ma'sul profissor-o'qituvchilar maʼruzalari bilash ishtirok etishdi. Fakltetni Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovin H.Eshova, tadbirni ochib berib, yigʼilish ishtirokchilarni bugungi mavzu boʼyicha tanishtirdi. Kuz-qish mavsumida aholi oʼrtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholining bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida, o'tkazilgan tadbir  ijaraga yashovchi talabalar oʼrtasida tadbir tashkil qilindi. Ma'ruzachilarimiz  soʼzga chiqib, bugungi mavzu boʼyicha talaba-yoshlarga maʼlumot berib, u oʼz nutqida tahliliga koʼra, Qish mavsumi yaqinlashgani sari yurtimizning turli hududlarida is gazidan zaharlanish, hattoki oʼlim holatlari koʼpayishi bugungi kunda Respublik boʼyicha 60 dan ortiq is gazidan zaharlanish xolatlari kuzatilganligi toʼgʼrisida maʼlumot berib oʼtdi. Is gazi nima, undan qanday saqlanish mumkin, qish arafasida xonadonlarda qanday ehtiyot choralari koʼrilishi kerakligi boʼyicha mutahasislar talaba-yoshlarga kerakli maʼlumotlar berib oʼtdi. Jumladan, gaz plitasidan binoni isitish va uning ustida kiyimlarni quritish, shuningdek plitani nazoratsiz yoqilgan holatda qolishiga yoʼl qoʼymaslik. Bundan tashqari, gaz sizib chiqayotganini ochiq olov, masalan gugurt chaqib tekshirib koʼrish mumkin emasligi tugʼrisida ham atroflicha gapirib oʼtdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlarga Is gazi bilan zaharlanishni oldini olish chora-tadbirlari aks ettirilgan videorolik namoyish etilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan javob berildi. Shuningdek tadbirga soʼzga chiqqan mutahasizlar talabalarga eng avvalo uy egasi bilan ijara shartnoma qilish lozimligi toʼgʼrisida kerakli, ijarada yashash tartib qoidalari toʼgʼrisida, ijarada yashash manzili boʼyicha mahalla hamda uchaska noziri bilan doimiy aloqada boʼlishlari lozimligi toʼgʼrisida ham batafsil maʼlumotlar berishdi. Tadbir 2 qismda oʼtkazildi. Birinchi qismi mutahasizlar tomonidan talaba-yoshlarga is gazi bilan zaharlanishni oldini olish boʼyicha maʼlumotlar berib oʼtildi.  
Tadbir yakunida fakultet dekani Sh.Narbaev talaba-yoshlar oʼrtasida mana shunday tadbirlar va targʼibot-tashviqot ishlarini olib borish yoshlar oʼrtasida turli noxush xolatlarni oldini olishga katta yordam berishi shubhasiz ekanligi haqida gapirib mehmonlarga oʼz minnatdorchiligini bildirdi.
 
 YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti