03.02.2024
Is gazidan ogoh boʻling
Ma’lumki, qish mavsumi yaqinlashgani sari aholi o‘rtasida ba’zan tabiiy gazdan noto‘g‘ri foydalanish holatlariga ham yo‘l qo‘yiladi. Gohida is gazidan zaharlanish insonlar hayotiga xavf tug‘dirishi va hatto o‘limgacha olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun esa is gazi nima va undan qanday himoyalanish qoidalari to‘g‘risida bilish lozim. 02.02.2024 kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 2-kurs talabalari bilan Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi dotsenti N.Rajabov bilan Is gazidan ogoh bo‘ling mavzusida davra suhbat qildi.