Is gazidan ehtiyotkorlik
2022 - yil 22 - noyabrda universitet rektori tomonidan tasdiqlangan ijarada yashovchi talabalar o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda turli noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan uchrashuvlar va tadbirlar jadvaliga muvofiq “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti tomonidan “Is gazidan ehtiyot bo‘ling!” ruknida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Choriev, GIM fakulteti dekani B.Norov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibaev, universitet huquq tartibot maskani katta inspektori A.Ubaydullaev, M.Ulug‘bek tuman FVB inspektori X.Ikromov hamda fakultet professor – o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etdilar.
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O. Ro‘zibayev axboroti
Universitet matbuot xizmati