Is gazi hayot uchun xavfli
25.11.2022 yil sanasida "Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti "Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti" va "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" fakulteti talabalariga “Is gazidan zaharlanishning salbiy oqibatlari” mavzusida Mirzo Ulug‘bek tuman FVV mas'ul xodimlari hamkorligida davra tadbiri tashkil etildi. FVV xodimi Xurshid Ikromov Respublika miqyosida bugungi kunda is gazidan zaharlanishlar soni ortib borayotgani, eng ayanchlisi esa buning oqibati o'lim bilan yakunlanayotganligi haqida gapirdi.
Mavzuga oid ta'sirli qisqa metrajli film ham namoyish etildi. Universitet Yoshlar ishlari va ma’naviy-ma’rifiy masalalari bo’yicha prorektor R.Choriyev ham ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarni ogoh va ehtiyotkorlikka chorladi. Universitetga biriktirilgan ichki ishlar xodimi mayyor Abzal Ubaydullaev ham mavzu doirasida atroflicha fikr, mulohazalar bildirdi. 15- noyabrdan 15-dekabrgacha "Yong'in xavfsizligi oyligi"da barcha yoshlarni faollikka chorlab qolamiz. Shirin jonimizni gaz va elektr jihozlaridan to'g'ri foydalangan holda asraylik.
"QSXET" fakulteti tyutorlari axboroti
Universitet matbuot xizmati