TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2022

G‘azal ila hamisha hamdam

Ulugʼ mutafakkir, soʼz mulkining sultoni Аlisher Navoiyning boy maʼnaviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulugʼ bobokalonimizga ehtirom koʼrsatish, asarlarini oʼrganish, uni dunyoda keng targʼib etishga doimiy eʼtibor qaratilmoqda. 

Shu munosabat bilan "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talabalari joylashgan 5 - talabalar turar joyida  buyuk shoirga bag'ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Unda faol iqtidorli talaba-yoshlar Navoiyxonlik qilib ulug‘ mutafakkir g'azallaridan namunalar o'qishdi.

      Universitet matbuot xizmati