TIQXMMI yangiliklari

img
25.12.2021

“G'aroyib mamlakatga sayohat”

Joriy yilning  24 dekabr kuni 4-TTJ GM, GIM, YeRB, GTS fakulteti 1-4 kurs talaba qizlari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova, GM fakulteti tyutori D.Egamovalar TTJda yashayotgan talaba-qizlarga alohida e'tibor qaratish va bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazilishini ta'minlash maqsadida “Mo''jiza – biz unga ishonganimizda ro'y beradi” mavzusida ishtirokchilarning kayfiyatni yangi yil notasiga sozlovchi trening mashg'ulotini o'tkazishdi. Trening davomida turli xil ko'ngil ochuvchi o'yinlar va“Art terapiya” usulidagi mashg'ulotlar o'tkazildi.

 

 

“Yangi yil tilaklari” konkursi, “Qiziqarli topishmoqlar”, “Qorboboga xat” va “Quvnoq alifbe” kabi mashg'ulotlar ishtirokchilarning kayfiyatini ko'tarish bilan birgalikda, grammatik savodxonliklarini, so'zamollik qobiliyatlarini oshirish uchun xizmat qiladi. Treningda gumanitar fanlar o'qituvchisi M. Hakimova, Gim fakulteti tyutori N. Husanova va GTS fakulteti Nasos stantsiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashhisi yo'nalishi magistranti Mamatsharipova Nilufarlar ham  faol ishtirok etishdi. Tadbirdan bir olam taassurotlar olgan ishtirokchilarning kayfiyatlari ko'tarilgan holda dastur o'z nihoyasiga yetdi.

 

TIQXMMI MTU matbuot xizmati