TIQXMMI yangiliklari

img
07.05.2022

"G‘alaba bog‘i”dagi taassurotlar

        Ushbu bog‘ mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan fashizm ustidan qozonilgan Buyuk g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan 2020 - yil 9-may  kuni ochilgan edi.

Olmazor tumanida bu noyob muzey haqidagi haqiqiy tasavvurni faqat bu yerga tashrif buyuribgina his qilish mumkin. Urush davridagi xalqimizning  turmushi, front va front orti hayoti turli kompozitsiya, eksponatlar yordamida juda ta'sirli va jonli tarzda gavdalantirilganki, ta'rifiga til ojiz.

Agar vaqtingiz yetmasdan kelishga ulgurmagan bo'lsangiz, "QSXET" fakulteti tyutorlaridan maslahat: zudlik bilan barcha ishingizni bir chetga surib, albatta "G'alaba bog'i"ga tashrif buyuring.

Yosh avlod vakillarini ko'proq jalb qilish kerak, bugungi osuda kunlar, obod diyor bag'ridagi har tongni shukronasini yana ham chuqurroq anglashsa ajabmas.

Vatan uchun, g'alaba uchun jon fido qilgan bobolarimizni joylari jannatdan bo'lsin Ilohim!

     "QSXET" fakulteti tyutori Z.Nuraliyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati