TIQXMMI yangiliklari

img
29.04.2022

“G‘alaba bog‘i” ga tashrif

9-may-Xotira va qadrlash kuni oldidan "Ekologiya va suv resurslarini boshqarish" kafedrasi professor-o‘qituvchilari va “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo‘nalishi 3 - bosqich 307 - guruh talabalari tomonidan “G‘alaba bog‘i” ga tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 23-oktabrdagi «Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida Toshkent shahrining Olmazor tumanida «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi hamda uning hududida «Shon-sharaf» davlat muzeyi bunyod etilgan edi.

O‘zbekiston xalqining II jahon urushida ko‘rsatgan beqiyos jasoratini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi va «Shon-sharaf» davlat muzeyi ekspozitsiyalari xalqimizning urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va matonatini, yuksak insoniy fazilatlarini namoyon etish hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Har bir yurtdoshimiz «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga tashrif buyurar ekan, bu yerdagi eksponatlarni ko‘rib qalbi hayajonga to‘ladi.

Universitet matbuot xizmati