TIQXMMI yangiliklari

img
26.03.2022

Fundamеntal, amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovlariga loyihalarni shakllantirish va topshirishga qaratilgan sеminar-trеning

Universitet ilmiy tadqiqot natijalarini nashr qilish, amaliyotga joriy etish, xalqaro va xorijiy ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishi maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi mas’ul hodimlari bilan hamkorlikda fundamental, amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovlariga loyihalarni shakllantirish va topshirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.

 

Ushbu seminar-treningda vazirlikning Ilmiy va innovatsion faoliyatga oid dasturlarni shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassislari Radjapov Erkin G‘aniyevich hamda G‘oziyev G‘iyosiddin Ibragimovichlar taqdimot o‘tkazishdi.

Seminar-treningda loyihalarni shakllantirish va tanlovlarga tayyorlash bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ushbu tadbirda universitetning 150ga yaqin professor-o‘qituvchi hamda yosh tadqiqotchilari ishtirok etishdi. Seminar-trening qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki bunday seminar-treninglar ilmiy faoliyat bilan shug‘illanib kelayotgan olimlarni ilmiy loyihalarini amaliyotga tadbiq etishlari uchun muhim ahamiyatga ega.

Yakunda bu kabi seminar-treninglarni ko‘proq tashkil etish va saviyasini yanada oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi. Shu o‘rinda ushbu seminar-treningni tashkil etishda yaqindan yordam bergan Innovatsion rivojlanish vazirligi jamoasiga universitet jamoasi nomidan o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti

Ilmiy bo‘limi