TIQXMMI yangiliklari

img
13.01.2022

Foydali seminar-treninglar

Xabaringiz bor, qishki ta’til 24-yanvarga qadar uzaytirildi. Shu munosabat bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiya muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida o’qituvchi-professorlarning malakasini oshirish bo’yicha seminar-treninglar tashkil etildi.

 Birinchi prorektorining farmoyishiga ko’ra, 10-yanvardan 22-yanvargacha o’qituvchi-professorlar uchun qo’shimcha tarzda o’quv mashg’ulotlarini o’tkazish ta’sis etildi. Bunda “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minot” fakulteti o’qituvchi-professorlari muntazam ravishda qatnashib kelishmoqda. Mana bugun 13-yanvar kuni fakultetimiz o’qituvchi-professorlar ingliz tilidan bilim ko’nikmalarni yangilab olishmoqda. Bundan tashqari Kredit module va Hemis tizimi bo’yicha ham qo’shimcha darslar o’tilmoqda. O’ylaymizki, vaqtdan unumli va o’rinli foydalanish foydadan xoli emas.



 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati