TIQXMMI yangiliklari

img
21.10.2021

Fizika fanini oʼqitish jarayonida talabalrning kasbiy koʼnikmalarini shakllantirish

Zamonaviy sharoitda boʼlajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni nafaqat maʼlum miqdorda nazariy bilimga ega boʼlgan mutaxassisni, balki keng dunyoqarashga, ijodiy fikrlashga, oʼz-ustida ishlash qobiliyatini tarbiyalashdan iborat. Shuning uchun talabalarning kompetentligi va raqobatbardoshligini rivojlantirish boʼlajak muhandislar oliy taʼlimga qabul qilingan paytdan boshlanishi kerak. Muhandisning raqobatbardoshligi koʼp jihatdan uning muammolarga mustaqil va ijodiy yondashish qobiliyati bilan belgilanadi. Shuning uchun ham bilim olishning unumli usuliga asoslangan va talabalarning mustaqil oʼrganish qobiliyatini tarbiyalashga yoʼnaltirilgan oʼqitish usullari katta ahamiyatga ega.

Shu mazmunda ilmiy izlanishlar olib borayotgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti katta oʼqituvchisi Z.F.Beknozarova fizika fanini oʼqitish jarayonida talabalarni nafaqat nazariy maʼlumotlar bilan, balki ularni oʼrganilgan materialni tahlil qilish, sintez qilish va umumlashtirish koʼnikmalarini shakllantirish oʼstida ish olib bormoqda. Ilmiy izlanishlar natijalarini taʼlim jarayoniga tatbiq etish yaʼni, tajriba sinov ishlarini davom ettirmoqda. 2021-2022 oʼquv yili oktyabr oyida Jizzax politexnika institutining “Muxandislik kommunikatsiyalari  qurilishi”- taʼlim yoʼnalishi oʼquv jarayonida tajriba va nazorat guruhlarigа tajriba sinov ishlari oʼtkazildi. Yaʼni ilmiy mavzu asosida tajriba sinov guruhi talabalariga “Fizika” fanidan darslar tashkil qilindi.

Mustaqil izlanuvchi Z.F.Beknozarova tomonidan “Muxandislik kommunikatsiyalari  qurilishi” yunalishida oʼtkazgan tadqiqot ishlari natijalari talabalarni kasbiy kompetentligini rivojlantirishi va mutaxassislik qʼamrovi jihatidan sifatining oshgani tajriba sinov ishlarining samarali oʼtkazilganligidan dalolat beradi.  Fizika fanini oʼqitish jarayonida talabalrning kasbiy koʼnikmalarini shakllantirish Zamonaviy sharoitda boʼlajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni nafaqat maʼlum miqdorda nazariy bilimga ega boʼlgan mutaxassisni, balki keng dunyoqarashga, ijodiy fikrlashga, oʼz-ustida ishlash qobiliyatini tarbiyalashdan iborat. Shuning uchun talabalarning kompetentligi va raqobatbardoshligini rivojlantirish boʼlajak muhandislar oliy taʼlimga qabul qilingan paytdan boshlanishi kerak. Muhandisning raqobatbardoshligi koʼp jihatdan uning muammolarga mustaqil va ijodiy yondashish qobiliyati bilan belgilanadi. Shuning uchun ham bilim olishning unumli usuliga asoslangan va talabalarning mustaqil oʼrganish qobiliyatini tarbiyalashga yoʼnaltirilgan oʼqitish usullari katta ahamiyatga ega. Shu mazmunda ilmiy izlanishlar olib borayotgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti katta oʼqituvchisi Z.F.Beknozarova fizika fanini oʼqitish jarayonida talabalarni nafaqat nazariy maʼlumotlar bilan, balki ularni oʼrganilgan materialni tahlil qilish, sintez qilish va umumlashtirish koʼnikmalarini shakllantirish oʼstida ish olib bormoqda. Ilmiy izlanishlar natijalarini taʼlim jarayoniga tatbiq etish yaʼni, tajriba sinov ishlarini davom ettirmoqda. 2021-2022 oʼquv yili oktyabr oyida Jizzax politexnika institutining “Muxandislik kommunikatsiyalari  qurilishi”- taʼlim yoʼnalishi oʼquv jarayonida tajriba va nazorat guruhlariга tajriba sinov ishlari oʼtkazildi. Yaʼni ilmiy mavzu asosida tajriba sinov guruhi talabalariga “Fizika” fanidan darslar tashkil qilindi. Mustaqil izlanuvchi Z.F.Beknozarova tomonidan “Muxandislik kommunikatsiyalari  qurilishi” yunalishida oʼtkazgan tadqiqot ishlari natijalari talabalarni kasbiy kompetentligini rivojlantirishi va mutaxassislik qʼamrovi jihatidan sifatining oshgani tajriba sinov ishlarining samarali oʼtkazilganligidan dalolat beradi.