TIQXMMI yangiliklari

img
04.04.2022

Faxriy bitiruvchi bilan jonli muloqot

“TIQXMMI” MTU faxriy bitiruvchisi D-r Aziz Karimov bilan universitetimizning iqtidorli talaba va magistrlari o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. D-r Aziz Karimov o‘zining talabalikdan tortib, xorijdagi tahsil olgan universitet, Germaniyadagi doktorlik dissertatsiyasi himoyalari va hayot yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

“TIQXMMI” MTU faxriy bitiruvchisi Dr. Аziz Karimov АQSh va Germaniyada magistratura va doktoranturada tahsil olib muvaffaqiyatli himoya qilib kelgan. Hozirgi kunda e ICBA Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqaviy vakolatxonasi rahbari.

Uchrashuvda talaba va magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi. Uchrashuv jonli, ochiq va do‘stona tusda olib borilganligi bilan alohida ajralib turdi. Ushbu ko‘rinishda uchrashuvlarning tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlab o’tildi.

Universitet matbuot xizmati