TIQXMMI yangiliklari

img
29.01.2023

Farovon oila – kelajak poydevori

          Joriy yilning 28 yanvar kuni “TIQXMMI” MTU psixologi M.K.Muhammedova, GM fakulteti tyutorlari: D.Axrarova va Z.Tursunovalar hamkorligida 4-TTJ GM, GTQ talaba qizlari bilan “Oila ma'naviyatimiz tayanchi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir talaba yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o'rgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olishga doir tavsiyalar berish maqsadida tashkil etildi. “Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog'lom va mustahkam bo'lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt mustahkam bo'lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oila mustahkam bo'lsa, jamiyat ham osoyishta bo'ladi. Oilalarda parokandalik bo'lsa, jamiyatning ham tinchi yo'qoladi va alaloqibat tanazzulga yuz tutadi.

          Baxtli oilalar tufayli baxtiyor jamiyat shakllanadi. Chunki o'zaro mehrli bo'lgan ota-onalarning farzandlari ham bir-biriga mehribon bo'ladi”, – dedi o'z nutqida “TIQXMMI” MTU psixologi M.K.Muhammedova. Tadbir savol – javob, bahs – munozara tarzida olib borildi. Tanlangan mavzu aktual bo'lganligi sababli tadbir barcha ishtirokchilarga yoqdi va barcha talaba qizlar o'z fikr mulohazalari bilan faol qatnashishdi. Tadbirda GM fakulteti tyutorlari D.Axrarova, Z.Tursunova va 4-TTJ tarbiyachi pedagogi Z.K.Muxrumboyevalar ham faol ishtirok etishib, mavzuga doir qiziqarli ma'lumotlar berib o'tishdi. Mavzu ishtirokchilarga juda ham ma'qul kelganligi bois tadbirdan so'ng ham talaba qizlarimiz o'z fikr va mulohazalari va takliflarini bildirishib, tadbirda o'tkazgan vaqtlaridan mamnun ekanliklarini va hayotlari davomida dasturilamal bo'la oladigan maslahat va tavsiyalar olishganini aytishib, samimiy minnatdorchiliklarini bildirishgan holda tadbir o'z yakuniga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati