TIQXMMI yangiliklari

img
10.02.2022

Fargʻona vodiysidagi iqlim oʻzgarishi sharoitida suv, energiya, oziq-ovqat xavfsizligi va salomatlikning oʻzaro bogʻliqligiga bagʻishlangan vebinarlar

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash institutiMilliy tadqiqot universiteti hamda BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida suv, energetika, oziq-ovqat xavfsizligi va salomatlik oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik boʻyicha qator vebinarlar tashkil etilmoqda. Ushbu vebinarlar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilganMarkaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi va barqaror rivojlanishmintaqaviy loyiha doirasida tayyorlanganVebinarlarning asosiy maqsadi Qirgʻiziston Respublikasi, Tojikiston va Oʻzbekistondagi talabalar va yosh tadqiqotchilar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ularning suv, energetika, oziq-ovqat xavfsizligi, sogʻliqni saqlash va barqarorlikning oʻzaro bogʻliqligi sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish, Markaziy Osiyo mamlakatlarida barqarorlikni taʻminlash, shuningdek, Fargʻona vodiysida iqlim oʻzgarishi xavfi tahlilini ragʻbatlantirishga hissa qoʻshishdan iborat.

Toʻrtta vebinardan birinchisi 2022-yil 9-fevralda boʻlib oʻtdi va u quyidagi mavzularni qamrab oldi: tadqiqot ishlarini yozish va oʻzaro baholash tamoyillari (Web of Science), shuningdek tizimli sharhlarni tahlil qilishning asosiy tamoyillariga qaratilgan: suv-energetika va  oziq-ovqat oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik boʻyicha tadqiqotlar misolida. Mazkur vebinar orqali ishtirokchilar nexus tushunchalarining ahamiyatini chuqur angladilar va barqarorlik va suv xavfsizligiga erishish uchun tegishli yechimlarni topdilar. Maʻruzachi doktor Ahmad Hamidov, Leybnits nomidagi Berlin universiteti qoshidagi Qishloq xoʻjaligi landshaftini oʻrganish markazi (ZALF) ilmiy xodimi, ishtirokchilar bilan suv, energiya va oziq-ovqat oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻrganishga qaratilgan ilmiy maqolalar tayyorlash tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

Navbatdagi vebinar 2022-yil 15-fevralda boʻlib oʻtadi va iqlim oʻzgarishi sharoitida suv resurslarini boshqarishga (Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillari, suvni tejash texnologiyalari) bagʻishlanadi. Maʻruzachi sifatida Shtutgart universitetining Gidrologiya va geogidrologiya kafedrasi ilmiy xodimi, shuningdek, Germaniya geofanlari tadqiqot markazi (GFZ) aʻzosi Abror Gʻofurov ishtirok etadi.

 

Universitet matbuot xizmati