TIQXMMI yangiliklari

img
23.04.2022

Fargʻona viloyatlaridagi umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari universitetimizga qiziqmoqdalar

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi rahbari X.Xayitov va doktaranti Z.Abdurahmonovlar Fargʻona viloyatidagi Matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablarining  bitiruvchi oʻquvchilarini universitetga taklif qilish maqsadida profarentatsiya - ishlarini olib borishdi. Unda taqdimot va videoroliklar bilan universitet faoliyatlarini bitiruvchilarga yoritib berishdi.

Maktab aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan boʻlib,  maktabda jami 801 nafar oʻquvchilar ta`lim-tarbiya oladi. 2021/2022-o`quv yilida jami bitiruvchi oʻquvchilarimiz soni 44 nafarni tashkil qiladi. Fargʻona shahar 25-fizika faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining  2021/2022-yil jami bitiruvchilar soni 54 nafar. Maktabini 2020/2021 oʻquv yilida jami 63 nafar oʻquvchi bitirgan. 18 nafari Oliy ta’lim muassasalariga kirgan.

Maktabning koʻplab oʻquvchilari fan olimpiadasi va «Bilimlar bellashuvi»  tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviy maktab"larni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4537-son qaroriga muvofiq III darajali "Zamonaviy maktab" maqomiga ega sertifikatni  qoʻlga kiritgan.

Maktabning 2020/2021 oʻquv yilida jami 44 nafar bitiruvchidan 34 nafari oʻquvchi oliy ta’lim muassasiga oʻqishga qabul qilingan. 2021/2022 oʻquv yilida jami 41 nafar bitiruvchini tashkil etadi. 2020/2021 oʻquv yilida maktabda 599 nafar oʻquvchi taxsil olgan boʻlib, jumladan, bitiruvchi sinf oʻquvchilari 16 nafarni tashkil qilgan. Shundan 13 nafari 82% oliy taʻlimga o’qishga kirgan. 2021/2022 oʻquv yilida maktabda bitiruvchilar soni 17 nafarni tashkil qiladi.

Universitet matbuot xizmati