TIQXMMI yangiliklari

img
24.06.2022

Faoliyat sarhisobi - istiqbolli rejalar poydevori

Joriy yilning 21 -  iyun  kuni universitet xotin- qizlar masalalari bo'yicha Rektor maslahatchisi professor Zuxra Ismoilova boshchiliklarida, SUV xo'jaligini tashkil etish va boshqarish hamda Qishloq va suvxo'jaligi energiya ta'minoti fakultetlari xotin - qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchilari Ra'no Kodirova, Nuraliyevalarning 2021-2032- o'quv yilida fakultet ayol professor - o'qituvchilari va talaba qizlari bilan bajargan ishlari va erishilgan yutuqlari yuzasidan hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'lishda universitet xotin - qizlar maslahat kengashi raisi, kengash a'zolari va ikkala fakultet ayol professor o'qituvchilari  faol talaba qizlari ishtirok etdilar.

Yig'ilishda Zuxra Ismoilova ayolni e'zozlash, unga ehtirom ko'rsatish o'zbek xalqiga xos olijanob xususiyatlardan biri ekani to'g'risida gapirub, so'zni  fakultet xotin - qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchilariga  berdilar. Hisobot taqdimoti ko'rib, tinglandi.

Hisobot yuzasidan savollarga javob berildi. Shundan so'ng Zuxra Ismoilova ikkala fakultet dekan maslahatchilari hisobotni qabul qilish to'g'risidagi taklifiga kengash a'zolari ovoz berishlarini iltimos qildilar, hisobotlar bir ovozdan qabul qilindi.

Yangi rejalar mehnat faoliyatiga omadlar tilab, yaxshi tilaklar bildirilib yillik hisobot yig'ilishi yakunlandi.

SXTEB fakulteti xotin-qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet Matbuot xizmati