Fan dasturlari asosidagi mavzular muhokamasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021 yildagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-sonli qarorida belgilangan Respublikada innovatsion ta’lim va texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish, ta’lim va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash, oliy ta’lim muassasalari faoliyat yo‘nalishlarini tubdan takomillashtirish, ularning xalqaro nufuzini oshirish, samarali boshqaruv tizimini tashkil etish, shuningdek, 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konspeksiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash maqsadida “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professor-o’qituvchilari, “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Energetika muammolari instituti”, “Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” milliy ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari bilan birgalikda “Elektr energetika” va “Muqobil energiya manbalari” ta’lim yo‘nalishi, “Elektr ta’minoti”, “Energiya tejamkorligi va energoaudit”, “Muqobil energiya manbalari” va “Mini va makro gidroelektrostantsiyalar” magistratura mutaxassisliklarining o’quv rejalaridigi asosiy va tanlov fanlari hamda fan dasturlarning mavzulari muhokama qilindi. Muhokamada oliy ta’lim va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash uchun o’quv rejalaridigi ayrim fanlar va fan dasturlari mavzulariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish taklif etildi.
“ET va QTEM” kafedrasi tayanch doktoranti A.Davirov ахбороти
Universitet matbuot xizmati