TIQXMMI yangiliklari

img
18.02.2022

Fan dasturlari asosidagi mavzular muhokamasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021 yildagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-sonli qarorida belgilangan Respublikada innovatsion ta’lim va texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish, ta’lim va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash, oliy ta’lim muassasalari faoliyat yo‘nalishlarini tubdan takomillashtirish, ularning xalqaro nufuzini oshirish, samarali boshqaruv tizimini tashkil etish, shuningdek, 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan


O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konspeksiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash maqsadida “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi professor-o’qituvchilari, “O‘zbekgidroenergo” AJ va "Gidromaxsusqurilish" AJ mutaxassislari birgalikda “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika ob’ektlari” ta’lim yo‘nalishi, “GES qurilishi va ulardan foydalanish” va “Nasos stansiya va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi” magistratura mutaxassisliklarining o’quv rejalaridigi asosiy va tanlov fanlari hamda fan dasturlarning mavzulari muhokama qilindi. Muhokamada oliy ta’lim va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash uchun o’quv rejalaridigi ayrim fanlar va fan dasturlari mavzulariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish taklif etildi.

            

Universitet matbuot xizmati