Fakultetda yangi yil shukuhi
Yillarning almashinishi, yangilanishi ulg’ayish ishonchi va mas’uliyat hamda majburiyatning nishonidir. Uni nishonlash, mehrga muhtojlarga mehr ulashish, muruvvat ko’rsatish asnosida ko’tarinki kayfiyat bilan bo’lsa uning gashti kelayotgan yilga ham ko’chadi. SXTE va B fakulteti dekani hamda fakultet jamoasi kirib kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan bir guruh kam ta’minlangan, kam ta`minlangan hamda faol talabalarni bayram sovg`alari bilan taqdirlab tabriklashdi, talabalarga a`lo kayfiyat, xursandchilik ulashildi. Shu bilan birga fakultet dekani tomonidan talaba yoshlarga kirib kelayotgan ushbu yil yanada muvaffaqiyatli, ko`plab yutuqlarga boy bo`lishini aytib, samimiy tilaklar bildirildi.
TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti Matbuot xizmati