TIQXMMI yangiliklari

img
17.03.2024

"Ezgulik -shiorimiz, ma’rifat -qurolimiz"tadbirlari davom etmoqda

2024-yil 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Yangi O‘zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish – eng muhim vazifamiz bo‘lib qoladi” nutqi asosida "Ezgulik -shiorimiz, ma’rifat -qurolimiz" mavzusida Respublikamiz tuman, shahar, mahallalarda oila va xotin -qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda. Shunday tadbirlardan biri Jizzax viloyatining Ma’naviyat Markazida, Jizzax shahar hokimiyat madaniyat saroyida, Viloyat pedagogika Markazida shu bilan birga "Navro‘z umumxalq bayrami"munosabati bilan bo‘lib o‘tdi. Bunda otinoyilar, mahalla faollari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, oqila ayollar va shu bilan birga Zulfiya mukofotiga sazovor bo‘lgan nomzodlar, Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-qizlari va professor-o‘qituvchilar qatnashdilar.

Tadbirda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti"Milliy tadqiqot universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, ma’rifat targ‘ibotchisi Ismailova Zuxra Karabaevnalar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Tadbirdagi ma’ruzada Z.Ismailova tomonidan universitetimizda ayollarga yaratilgan sharoitlar, talaba-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar va ularning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy hayotga tayyorlash masalalari yuzasidan ham fikrlar va tavsiyalar berib o‘tildi.