TIQXMMI yangiliklari

img
06.10.2023

EVOSdan master klass

Bugun Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot fakulteti 1- bosqich 102 - guruh talaba qizlari bilan  guruh tyutori D. Egamova boshchiligida EVOS brendi  ostida  mashhur bo‘lgan hozirda yoshlar tomonidan sevib istemol qilinayotgan  lavashlarni o‘z qo‘limiz bilan tayyorlashni maqsad qildik.

Hech qaysi shef-masternikidan qolishmaydigan lavashlar juda mazali va chiroyli chiqdi. Shu bilan birga tovuq go‘shtidan totli mayonezli salat ham qildik. Hammaga yoqimli ishtaha tilaymiz. Lavashga marhamat.

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D. Egamova axboroti

 Universitet matbuot xizmati