“Estitika” mavzusida davra suhbati
2024 yil 24-aprelda “Yer resurslari va kadastr ” fakulteti da faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar va xodimlar bilan birgalikda “Estitika” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbatida vatanimiz mustaqillikka erishilgan dastlabki yillaridan boshlab fan, ta‘lim va tarbiya mazmuniga alohida e‘tibor qaratilganligi , milliy ma‘naviy meros va qadriyatlarni estetik idrok qilish, ularda voqealarning hodisa sifatida namoyon bo‘lishi emas, balki estetik mohiyatini chuqur anglash malakalarini shakllantirishni taqozo etishi hammamizga ma’lum. Biroq shu o’rinda shuni narsa aytib o’tishimiz lozimki, professor-o’qituvchilarimiz va talaba qizlarimiz bilan birgalikda o’rtasida “Estitika” mavzusi bo’yicha seminar treninglar o’tkazib tursak maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Shundan so’ng “Geodeziya va Geoinformatika” kaf.dots. O.Ro’ziqulova ham so’zga chiqib, "Estitika"-nima o’zi? ESTETIKA (yun.—his qiluvchi, hissiy tarbiyaga doir)—inson bilan dunyo o’rtasidagi qadriyat Munosabatining o’ziga xos tomonlarini va kishilarning badiiy faoliyati sohasini o’rganuvchi falsafiy fan. Estetika nafosat, did, go’zallik, xunuklik, ulug’vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik, mo’’jizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan ish ko’radi. Ular orasida nafosat tushunchasi alohida o’rin egallaydi. U bir tomondan, estetik anglashning barcha jihatlarini (estetik- hissiyot- - zavq- - did, estetik muhokama va boshqalar), ikkinchi tomondan, estetik xususiyatlarni — amaldagi go’zallik, ulug’vorlik, fojiaviylik, kulgililik jihatlarni o’z ichiga oladi –deb ta’kidladi. Joriy yilning may oyida “Estitika”bo’yicha seminar trening o’tkazilishi belgilab olindi.
"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot xizmati