ERASMUS+ higher education capacity building loyihalari doirasida “development of the targeted educational program for bachelors in solar energy in uzbekistan (debseuz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, respublikamizning 7 ta va Yevropa Ittifoqining 3 ta – Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid universitetlari bilan o’zaro hamkorlikdagi ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi joriy yining 20-24 may kunlari Italiyaning Turin shaxrida joylashgan Politecnico di Torino universitetida “First Technical Training and Project Meeting” bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv bir qator quyidagi ish paketlarini o’z ichiga qamrab oldi:
- loyiha koordinatsiyasi va boshqaruvi;
- ma’lumotlar to‘plash va xodimlarning malakasini oshirish;
- laboratoriya va markazlarni tashkil etish;
- “Quyosh energetikasi” mutaxassisligi bo’yicha zamon talablari asosida tayyorlangan yangi o’quv rejani muhokama qilish;
- loyihani targ‘ib etish va boshqa turli masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi.
Dastlab taklif etilgan mehmonlar universitetning qisqacha tarixi va yaratilgan sharoitlar bilan shu jumladan yosh iste’dodli kadrlarni tayyorlashga muhim o’rin tutuvchi laboratoriya xonalari va inkubasiyalar markazi bilan tanishdilar.
So’ngra dasturga muvofiq loyiha doirasida shu paytgacha belgilangan vazifalarning belgilangan jadvallarga muvofiq o‘z vaqtida bajarilishi boʻyicha har bir universitet vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etib, amalga oshirilgan ishlar natijalari bilan yaqindan fikr almashdilar. Uchrashuv yakunida loyiha ishtirokchilari navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik masalasi, shuningdek bajarilishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalar rejasini muhokama qildilar.
“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi
Universitet matbuot xizmati