TIQXMMI yangiliklari

img
12.04.2023

"ENERGETIKA"ning iqtidorli yoshlari

Iqtidorli yoshlarni qo'llab - quvvatlash "Ulug'bek jamg'armasi" tashabbusi bilan tashkil etilgan "Mirzo Ulug`bek vorislari" Respublika tanlovida yoshlar katta shijoat bilan qatnashishmoqda. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "ENERGETIKA" fakulteti btalabalari orasida ham tanlovning tuman bosqichidan g'alaba bilan o'tib, viloyat bosqichiga qatnashish imkonini qo'lga kiritgan talabalarimiz safi 25 nafarni tashkil qilmoqda.

      Ana shu talabalarimizni tabriklash hamda keyingi bosqichlarga zafarlar tilab, qo'llab-quvvatlash maqsadida fakultet dekani A.Isakov, o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari A.Mutalov, ta'lim-tarbiya maslahatchilari B.Abdullayev, Z.Nuraliyeva,  D.Xudoynazarova, "Iqtidorli yoshlar bilan ishlash" to'garagi rahbari A.Nigmatovlar talabalarga o'z maslahatlarini berishdi hamda keyingi bosqichda  omadlar yor bo'lishini tilashdi. O'tgan yil aynan shu tanlovning Respublika bosqichida g'olib bo'lga 211-guruh talabasi Umarov Behruzbek ham o'z tavsiyalarini berib, faollikka chorladi. Biz sizlarga ishonamiz, g'alabalar bardavom bo'lsin aziz talabalar!

                   "ENERGETIKA" fakulteti tyutorlari axboroti

                     Universitet matbuot xizmati