TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2024

Emotsional barqarorlikni oshirish

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti "G" korpus 408 auditoriyada, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 1-kurs 105-guruh  talaba yoshlari bilan “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori hamda universitet psixologi M.K.Muhammedovalar hamkorlikda  «Salbiy hissiy holatlarni bartaraf etish ko'nikmalarini rivojlantirish» mavzusida seminar trening tashkil etdilar. Bugungi tadbirda talabalarning stressga chidamlilik darajasini oshirish, qiyin stressli vaziyatlarda diqqatni jamlash ko'nikmalarini rivojlantirish,  ishtirokchilarni "stress" tushunchasi, stressning inson tanasi va ruhiyatiga ta'siri bilan tanishtirish ko'zda tutilgan.

Hozirgi vaqtda zamonaviy talabalar o'rtasida hissiy stress muammosi dolzarb bo'lib qolmoqda (imtihon sessiyasi, shaxslararo o'zaro munosabatlar, o'qishni tugatgandan so'ng ish qidirish), bu ko'pincha surunkali stressli vaziyatlarning paydo bo'lishiga va natijada psixosomatik kasalliklarga olib keladi. Ushbu seminar trening stressga chidamlilikni oshirish hamda guruh ishtirokchilarida bir-birlariga nisbatan ishonch hissini hosil qilish, ahillikni va birdamlikni shakllantirishga qaratilgan bo'lib, bu psixologik treninglar orqali talabalardagi korrektsiya  qilinishi kerak bo'lgan hislatlari aniqlanib, psixolologik konsultatsiyalar berish maqsadida o'tkazildi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashdilar. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori D.Xursandovalar  axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati