TIQXMMI yangiliklari

img
29.01.2022

Elsevier kompaniyasi tomonidan hamkorlik

Elsevier kompaniyasining minataqaviy direktori Damir Raxmetov, kompaniyaning kimyo-biologiya sohalari direktori Sergey Varnavskiy universitetimiz bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida tashrif buyurishdi. Universitetimiz tomonidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultanov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Salohiddinov, O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor B.Xudayarov, EkoGIS rahbari A.Pulatov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonov, Innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar klasteri M.Reimov, “Geodeziya va Geoinformatika” kafedrasi assistenti I.Abduraxmonovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvning maqsadi universiteti hududida Elsevier jurnallar bazasidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish va uning istiqbollari muhokama qilindi. Avvalo, ushbu jurnallar bazasi, uning imkoniyatlari va ustuvorliklari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. So‘ngra, universitetimiz olimlari tomonidan so‘nggi yillarda chop etilayotgan ilmiy maqolalar soni va sifati alohida ta’kidlab o‘tildi. Ushbu jarayonni yanada yuksaltirish maqsadida Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlik qilish ayni muddao ekanligi aytib o‘tildi. Ushbu kompaniya bilan hamkorlik o‘rnatish o‘ndan ortiq universitetlar majmuasi bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi. Uchrashuv iliq va do‘stona shaklda bo‘lib o‘tdi va kelgusi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

                  

Universitet matbuot xizmati