E'lonlar

24.06.2022

“Professional ta’lim barqaror rivojlanishning mintaqaviy jihatlari: chaqiriqlar va istiqbollar” mavzusidagi birinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya


Germaniya Xalqaro Hamkorlik jamiyati hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Marlaziy Osiyoda iqtisodiy o’sish tarmoqlari uchun professional ta’lim (PECA)” loyihasi doirasida joriy yilning 27-28- oktyabr kunlari Toshkent shahrida “Professional ta’lim barqaror rivojlanishning mintaqaviy jihatlari: chaqiriqlar va istiqbollar” mavzusidagi birinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, Sizdan tasarrufingizdagi malaka oshirish markazlari bo’limlar (kafedralar), professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlar va ilmiy xodimlarni konferensiya axborot xatidagi talablarga muvofiq ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari tavsiya etiladi.

                    Universitet matbuot xizmati