TIQXMMI yangiliklari

img
18.10.2023

Elni birlashtiruvchi vosita

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova  “Iqtisod”, “Gidrotexnika qurilishi”, “Yer resurslari va kadastr”, “Gidromelioratsiya” fakultetlari talabalari, Xor jamoasi vakillari bilan birgalikda til bayrami yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan bayramga tayyorgarchilik va “Hazrati Navoiy so'zlagan tilim” mavzuida tadbir tashkil etildi. Tadbir avvalida o'zbek tiliga 1989 yil 21 oktabrda davlat tili maqomi berilgani , qadimiy til sifatida e'tirof etilayotgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy qadriyat, o'zlikni anglash, mustaqil davlatchilik timsoli, ma'naviy boylik, xalqimiz hayotidagi siyosiy-ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotida yildan-yilga muhim ahamiyat kasb etib borayotgani haqida so'z yuritildi. Tadbir davomida tilga oid qonun va ma'lumotlardan kelib chiqib “Tarixga nazar” mavzuida savol-javob o'yinlar o'tkazildi va o'zbek tilini madh etuvchi she'rlar o'qildi. Tadbir  so'ngida “Ona tilim” qo'shig'i ijro etildi va ko'tarinki kayfiyatda yig'ilish o'z nihoyasiga yetdi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmat