TIQXMMI yangiliklari

img
15.04.2023

“ELEKTRQISHLOQQURILISh” AJ hamda “Energetika muammolari” insitutiga tashrif

5430500-Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti bakalavr ta’lim yo‘nalishining 3 kurs  301, 302-guruh talabalari, 2023 yilning  12 aprel kuni  “ETvaEUE” kafedrasi dotsenti T. Bayzakov xamroxligida 5+1 dasturi bo‘yicha “Elektrqishloqqurilish” AJ va “Energetika muammolari” insitutiga tashrif  buyurishdilar.  U yerda talabalar korxona direktori Mustafayev Maqsud Ochilovich  hamda   Murodov Xakim Maxmudovich bilan soxa bo’yicha olib borilayotgan ishlar, illmiy yangiliklar bo‘yich suxbatlar olib bordilar. Suxbat davomida energetika muammolari insituti raxbari talabalar bilimini sinash maqsadidida mutaxasislik fanlari bo’yicha bir nechta savollar berdi, hamda talabalarni qiziqtirish sifatida o’zlarining bo’sh ish o’rinlari olinadigan oylik maoshlari bo’yicha aytib o’tdilar.  Korxona raxbari talabalarga bilimga ega talabalarni diplom olgandan kegin bemalol ishga olishlarini takidladilar.. Talabalar o‘zlari qiziqqan savolariga raxbarlardan  yetarlicha javob oldilar.