TIQXMMI yangiliklari

img
22.06.2022

Elеktroapparat korxonasida navbatdagi amaliyot

Har qanday bilim va ko'nikmalar amaliyotda ya'ni hayotda sinab ko'rilgandagina mustahkamlanadi.

      Joriy yilning 21-iyun kuni "Qishloq va suv xo‘jaligi enеrgiya ta'minoti" fakulteti "Elеktrotеxnologiyalar va elеktr jihozlaridan foydalanish" kafedrasi   2-kurs talabalari  o'z bilimini yanada mustahkamlash uchun "Elеktr uskunalari montaji" bo'yicha Elеktroapparat korxonasida navbatdagi amaliyotni o'tash uchun borishdi.

      Ularni "ETvaEJF" kafedrasi dotsenti U.Xaliknazarov boshchilik qildi. Talabalar korxonaga borishgach ularni korxona menejeri  kutub oldi, ularga bu yerdagi ishlarni  tushuntirib o'tishdi. O'quvchilar o'zlari olgan bilimlari, ko'nikmalardan kelib chiqgan holda korxona ishchilaridan o'zlari qiziqqan   savollariga birin - ketin javob olishdi.           

         QSXET fakulteti 1-bosqich talabasi To'lqin Ergashov axboroti

       Universitet matbuot xuzmati