TIQXMMI yangiliklari

img
25.01.2022

“Elektr yoritish va elektorotexnologiya” fan olimpiadasi o‘tkazildi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Birinchi prorektorining 2022 - yil 11 - yanvardagi №1/f-sonli “Talabalarning ta’til davrida vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularning ilmiy faoliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, onlayn fan olimpiadalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishida “Elektr yoritish va elektrotexnologiya” fanidan professor Abduraxmon Radjabov xotirasiga bag‘ishlab universitet talabalari o‘rtasida 2022 - yil 19-20 - yanvar kunlari onlayn fan olimpiadalari bo‘lib o‘tdi.  Ushbu olimpiadaga 26 nafar talaba va magistrlar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Olimpiada ikki bosqich bo‘lib, birinchi bosqich Moodle dasturida test natijalari o‘tkazish orqali eng yuqori ball to‘plagan 6 nafar ishtirokchi ikkinchi bosqichga tavsiya etildi. Ikkinchi bosqich professor-o‘qituvchilar ZOOM platformasi orqali “Elektr yoritish va elektrotexnologiya” fanidan savol-javob o‘tkazish orqali uch nafar eng faol ishtirokchilar aniqlab olindi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin. QSXET fakul’teti QSXET yo‘nalishi 401-guruh talabasi Sobirjonov No‘monjon Usmonali o‘g‘li.

2-o‘rin. QSXET fakul’teti QSXET yo‘nalishi 402-guruh talabasi Nuraliev Sardor Turg‘un o‘g‘li

3-o‘rin. Magistratura bo‘limi QSXET yo‘nalishi 120-guruh magistranti Salomov Elyor Shuxratovich fan olimpiadasining kuchli uchtaligidan joy oldilar.

 

ETvaEJF kafedrasi dotsenti O‘. Xaliknazarov axboroti

Universitet matbuot xizmati