TIQXMMI yangiliklari

img
16.04.2022

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi talabalari “fizika-quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida

“Qishloq xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari kafedrasida taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich 208 hamda 209-guruh talabalari 5+1 dasturi boʻyicha “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti (FTI) ilmiy xodimlari  PhD E.Yu.Rahimov va PhD F.Sh. Kasimov (Quyosh kollektorlati) hamda PhD A,Achilovlar “Fotoelektrik stansiyalar” to’grisida bo’lgan gibrid shaklda tashkil etilgan yani ma’ruza va amaliy darslarini oʻtib berdilar.

“Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.Azimov nomidagi Fizika-Quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga qarashli Fizika-texnika instituti 1943 yilda tashkil etilgan. Fizika-texnika instituti nafaqat O'zbekistondagi eng qadimgi ilmiy muassasalardan biri, balki mamlakatdagi ta’lim va fanni rivojlantirishda ham tizim yaratuvchi rolni o’ynaydi. Fizika-texnika institutida turli davrlarda fizika va texnologiyaning ko’plab dolzarb ilmiy yo’nalishlari bo’yicha tadqiqotlar ishlab chiqilib, keyinchalik Fanlar akademiyasi tizimi va Oliy ta’lim vazirligiga tegishli bo’lgan yangi ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalari va bo’limlari uchun asos yaratildi.

 Quyosh issiqlik va energetik qurilmalari laboratoriyasi 1975 yilda texnika fanlari doktori, marhum professor R.R.Avezov tomonidan «Past potensialli quyoshiy-issiqlik qurilmalari» laboratoriyasi nomi ostida Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti tarkibida ochilgan.

Ushbu kun talabalar O’zbekistonning iqlimiy sharoitiga moslashtirilgan, insolyatsion passiv quyoshiy isitish tizimlarining asosiy parametrlarini optimallashtirish, takomillashtirish va ishlab chiqish, shaxsiy va birlashgan iste’molchilarning issiqlik ta’minoti uchun quyoshiy isitish qurilmalari parametrlarini issiqlik-sxematik jihatdan optimallashtirish (umumlashtirish) hamda issiqlik tashuvchisi sifatida quyosh o’zgartgichlarida qo’llash uchun nanosuyukliklarning issiqlik-fizikaviy xususiyatlarini tadqiq etish borasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va ularning najalari to’g’risidagi bilimlarga ega bo’ldilar.

Shuningdek, 1975 yildan beri GaAs va Si asosidagi yarim o’tkazgichli fotoelektrik hodisalar va quyosh elementlarini ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlantirish, ilmiy va amaliy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanuvchi "Yarim o'tkazgichli quyosh elementlari" laboratoriyasida ham amalga oshirilayotgan izlanishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Talabalar institutda tashkil etilgan poligonda qishloq xo’jaloq va suv  iste’molchilari uchun ishlab chiqarilayotgan yangi turdagi ko’chma mobil FESlar bilan ham tanishishdi.

 

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi

tayanch doktoranti A.Davirov  axboroti

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati