El va inson azizligini his etib
Istiqlolning sharofati mamlakatimiz uchun keng imkoniyatlar darvozasini ochdi. Jumladan, ilm-fan, ta’lim va sport sohasidagi erishilayotgan muvaffaqiyatlarning garvi ham mustaqilligimiz nashidasidir. Prezidentimiz boshchiligida o‘tkazilgan Davlat mustaqilligining 31 yilligi shodiyonalarida bular alohida e’tirof etildi.
Yangi o‘quv yilidagi yangicha ruh va shukuh Yangi O‘zbekiston yoshlariga ayricha ta’sir qilgani rost. Barcha oliy o‘quv yurtlarida bo‘lgani kabi milliy tadqiqot universitetimizda ham ilk saboq Mustaqillik darsi sifatida boshlandi. Unda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyaning mohiyati bilan birgalikda Istiqlol baxsh etgan saodatmandlik haqida so‘z bordi.
Maxsus reja asosida tuzilgan mustaqillik darslari universitetimizning professor o‘qituvchilari tomonidan katta o‘quv zallarida slaydlar asosida o‘tkazildi. Kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-2026 yillar uchun O‘zbekistonda islohotlarning beshta asosiy yo‘nalishini e’lon qilgani haqida ma’lumotlar berildi. Jumladan, bular – ta’lim, sud, tadbirkorlik, tibbiyot va ichimlik suvi ta’minoti ekani haqida so‘z yuritilib har biriga alohida to‘xtab o‘tildi.
Birinchi bosqich talabalarini talabalik safiga qabul qilingani bilan muborakbod etib, endilikda tinimsiz o‘qish va o‘rganish orqali muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligi, universitetning ichki tartib qoidalariga so‘zsiz rioya etish talabi uqtirildi.
Muammolarning yechimi bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanib ketgan vazifalar zanjirini his etish va hal qilishdan iborat. Bu esa adolat va haqiqatning barqaror bo‘lishi, ya’ni odil sud tizimini mustahkamlash bilan bog‘liq. Sifatli ta’lim, malakali tibbiyot, farovon hayot bevosita tadbirkorlikka bo‘lgan e’tibor dunyo tajribasidan ma’lum. Biznesni rivojlantirish quyidagi masalalarga yechim bo‘ladi. Qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini ko‘paytirish. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini keskin kamaytirish masalasi ham muhim.
Xalqimizning sog‘lom hayot tarzi ko‘p jihatdan aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishiga bog‘liqligi ham Prezident nutqida alohida ta’kidlandi. Oldimizdagi maqsadlar, marralarga yetish, va yutuqlarning garovi ko‘pmillatli el-yurtimizdagi birdamlik va bahamjihatlikka bog‘liqligini hayotning o‘zi namoyon etmoqda. Demak, davr muammolariga javob sog‘lom aql, teran tafakkur, bunyodkorlik, yaratuvchanlik tuyg‘usi va o‘zaro manfaatli hamkorlik rishtalari bilan ish tutishda
Universitet matbuot xizmati