TIQXMMI yangiliklari

img
26.05.2022

Ekskursiya lazzati

"TIQXMMI" MTU "GM" fakulteti tyutori D.Ahrarova va K.Yakubov tashabbusi bilan GM fakulteti 2-kurs talabalari uchun Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ekskursiya o’tkazildi. Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi 1939-yilda tashkil qilingan. Aynan shu yerda o‘zbek xalqining adabiy merosi yodgorliklari saqlanadi.

Muzey fondida 17 000 dan ortiq eksponatlar - badiiy asarlar, arxeologik to’pilmalar, qo‘lyozmalar, hujjatlar, o‘zbek adabiyoti madaniyatining ko‘p asrlik tarixini aks ettiruvchi filmlar mavjud. Bundan tashqari, bu yerda mamlakatimiz yozuvchilarining hayoti va ijodi to‘g‘risidagi 65 mingdan ortiq hujjatlar to‘plangan.

                 Universitet matbuot xizmati