TIQXMMI yangiliklari

img
03.04.2024

“Ekologiya va Huquq” fakultetida “Milliy liboslar kuni” munosabati bilan ma`naviy-marifiy tadbir bo’lib o’tdi

Har bir davlatning o'z qadriyatlari va o'z asriy an'analari bo'ladi. Aynan shu qadriyatlarda o'sha millatning madaniyati, uzoq kechmishi pinhon yotadi. Huddi shunday bizning xalqdagi azaliy qadriyatlarimiz ham bizning tarixdan darak berib turadi.

2024 yil 2-aprel kuni “Ekologiya va Huquq” fakulteti Xotin qizlar kengashi va faol talabalari xamkorligida “Milliy liboslar kuni” ma`naviy-marifiy tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2024-yil  21-fevraldagi  15-sonli bayonnomasining 18-bandiga asosan yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an’analarimiz ruhida tarbiyalash maqsadida har oyning oxirgi haftasini “Milliy liboslar haftaligi” deb belgilanganligi munosabati bilan oʻtkazildi.

Fakultetimiz talabalari nafaqat ta’lim ko’rsatkichlari balki o’zining ijodga va san’atga bo’lgan iqtidori bilan ajralib turadi. Milliy liboslar tadbiri she'riyat kechasiga aylanib ketdi. Talaba yoshlarimizning  o‘z ijodlaridan chiqish qilganliklari barchaga yanada zavq berdi.   Talabalarning qo’shiqlar, she’rlar-u raqs ijro etib barcha kelganlarning bahri dilini shod qilishdi. Tadbirda fakultet dekanat xodimlari professor-oʻqituvchilar, xodimlar hamda talabalar oʻzbek milliy liboslarida faol ishtirok etdilar.Tadbir juda qizg’in bo’ldi. Tadbirdan barcha mamnun bo’lishdi.

“Ekologiya va Huquq” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi B. Mamadaminova axboroti

Universitet matbuot xizmati