TIQXMMI yangiliklari

img
12.05.2023

Eko parkka ekskursiya

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot Universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorlari G.Axmedjanova, Z.Tursunovalar  tashabbuslari  bilan joriy yilning 12 may sanasida 1 va 2 kurs talabalari bilan birgalikda “Eko parkka” tashrif buyurishdi. Poytaxtimizning markazida Mirzo Ulug‘bek tumanida noyob tabiiy dam olish maskani – Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Markaziy ekopark joylashgan bo‘lib, ko‘ngilochar bog'da hordiq chiqarishingiz uchun hamma narsa: yugurish va velosiped yo‘lkalari, tomosha maydonchasi, bolalar uchun o‘yin maydonchasi, futbol, badminton, voleybol maydonlari va boshqalar muhayyo qilingan.

Talabalar bu yashil makonga borib tabiat qo‘ynida mazza qilib dam olib hordiq chiqardilar. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli, qiziqarli o‘tkazishdan iboratdir.

        “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Axmedjanova axboroti

              Universitet matbuot xizmati