TIQXMMI yangiliklari

img
02.02.2023

Ehtiyotsizlik va beparvolik - umr zavoli

Joriy yilning 30 - yanvar kuni TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti 3-Talabalar turar joyida  "Ehtiyotsizlik va beparvolik - umr zavoli" mavzusida tadbir o'tkazildi. Tadbir “Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekan o'rinbosari J.Tirdiyev, fakultet tyutorlari tashabbusi bilan tashkil qilindi,  shuningdek, Universitet "Hayot faoliyati  хavfsizligi" kafedrasi mudiri A.Xojyiev  va o'qituvchilari jamoasi taklif qilindi. Yig'ilishni fakultet dekani  o'rinbosari  J.Turdiyev kirish so'zi bilan ochib berdi va  bugungi kunda TTJda yashovchi talabalarimiz  o'z ehtiyojlari maqsadida turli elektr jihozlaridan foydalanib kelayotganligi  va har doim ham foydalanish  qoidalariga rioya qilinmayotganligini haqida  gapirib o'tdi. "Hayot faoliyati havfsizligi" kafedrasi mudiri A.Xojiyev  so'zga chiqib` elektr jihozlaridan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida ro'y berishi mumkin bo'lgan mudhish holatlar bo'yicha real hayotda sodir bo'lib kelayotgan misollar bilan yoritilgan taqdimot asosida ma'ruza qilishdi.  Tadbirni tashkil qilishdan ko'zlangan maqsad: talabalarga inson o'zining umri uchun faqatgina o'zi  javobgar ekanligini mustahkam tushuntirishdan iborat.

"SXTE va B" fakulteti tyutori M.Vafoyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati