“Ehtiyotkorlik-inson havfsizligini omili”
2024 yil 2 fevral kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakultetining Toshkent shahrida ijarada va qarindoshlarinikida yashovchi talabalari uchun Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hodimlari katta leytenant Bobur Abdujabborov hamda katta serjant Mirzohid Nosirovlar ishtirokida "Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va Is gazidan zaharlanishdan saqlanish" mavzusida profilaktik targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mutaxassislar tomonidan bugungi kunda noqulay ob-havo sharoitida ko‘p qavatli xonadonlar va uchastkalarda istiqomat qilayotgan talabalarga havfsizlik choralarini oshirish shuningdek, talabalarga is gazi, uning xususiyatlari va inson organizmiga salbiy ta`siri, is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar va tushuntirishlar olib borilib, yong`in xavfsizligi qoidalari haqida batafsil ma`lumot berish va shu orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish ,bo‘yicha taqdimotlar va videoroliklar namoyishi orqali keng qamrovli profilaktik ishlari olib borildi. Tadbir davomida talabalarga tabiiy gazdan foydalanishda gaz bosimini doimiy nazorat qilib borish, nosoz qo`lbola isitish moslamalaridan foydalanmaslik, vaqtinchalik tortilgan elektr simlaridan foydalanmaslik hamda yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya qilishlari borasida zarur ma`lumotlar berildi.
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti
Universitet matbuot xizmati