Egatlab sug‘orishni takomillashtiramiz!
Egatlab sug‘orish usuli mamlakat miqyosida 80% dan ortiq sug‘oriladigan maydonlarda qo‘llaniladi. Ammo ushbu usulning foydali ish koeffitsiyenti 0,7-0,75 dan ortmaydi. Shu bois uni takomillashtirish metodlarini ko‘rib chiqamiz. Suvdan unumli foydalanish va hosildorlikni oshirish maqsadida Egatlab sug‘orishni quyidagi texnologik usullar bilan mukammallashtirish mumkin:
- egat oralatib sug‘orish;
- kalta egat olib sug‘orish
- o‘zgaruvchan oqimda sug‘orish;
- pog‘ona-pog‘ona sug‘orish;
- teskari sug‘orish.
Egat oralatib sug‘orish usuli qanday qo‘llaniladi?
Ekin qatorining birinchisiga suv berilib, ikkinchisi suvsiz qoldiriladi. Bunda beriladigan suv miqdori 20% gacha kamayadi.
Egatlar uzunligi tuproq sharoitiga mos ravishda 50-60 metrga kalta olinsa, suvning behudaga shimilishi kamayadi va yer bir tekis namlanadi.
Pog‘onama-pog‘ona sug‘orishning qanday ustunliklari mavjud?
Katta nishabli ekin maydonida suv egatning oxiridan tashqariga oqizib qo‘yiladi. Bunda oqava suv sarfi 20-30% kamayadi