TIQXMMI yangiliklari

img
05.10.2023

“EDUFAIR-2023” 26-xalqaro ta’lim va mutaxassislik ko‘rgazmasi tashkil etildi

           Joriy yilning 30-31 mart kunlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekistoln Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “EXPOCONTACT” ko‘rgazma va tadbirlar tashkillashtirish korxonasi tashabbusida navbatdagi “EDUFAIR-2023” 26-xalqaro ta’lim va mutaxassislik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlkatlar hudida faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasalaridagi zamonaviy metodlar asosida berilayotgan oliy ta’lim yutuqlari va amalga oshirilishi kutilayotgan rejalar to‘g‘risida o‘zaro tajriba almashish  shuningdek, yoshlarga o‘zlarini qiziqtirgan mutaxassislik bo‘yicha bilim olishlari uchun keng imkoniyatlarni yaratishdan iborat bo‘lib, yurtimiz va xorijiy mamalakatlarning oliy ta’lim muassasalarida qaysi yo‘nalishlarda  ta’lim olishlari uchun mavjud to‘g‘risida ma’ulmot berish, yoshlarga oliy ta’lim olishlari uchun mutaxassislik tanlashda qiziqish uyg‘otish va shu sohada ta’lim olishga jalb etish, kasb-hunar o‘rganish yoki o‘z kasbi bo‘yicha malakalini oshirish istagida bo‘lgan yoshlarga ta’lim muassasalarini tanishtirishdan iboratdir.

Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari vakillari maktab, kollej va litsey o‘quvchilari, abiturientlar, talabalar, ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Mazkur xaqaro ko‘rgazmada Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari ham ishtirok etib universitetimizning shart-sharoitlari va imtiyozlari to‘g‘risida yoshlarga ma’lumotlar bukletlar ko‘rinishida berildi. To‘liqroq ma’lumotlar olishlari uchun bannerlar video-roliklar orqali kengroq yoritib borildi. 

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi