TIQXMMI yangiliklari

img
11.10.2023

EcoGIS markazi xodimi Eyndhoven (Niderlandiya) marafonida qatnashdi

Vatandoshlar jamoat fondining xorijdagi volontyori, EcoGIS markazida jamoatchilik asosida mehnat faoliyati olib boruvchi xodimi Gulbaxor Jalilova Eyndhoven (Niderlandiya) marafonida qatnashdi. An'anaga ko'ra, Eyndxovendagi ASML Marafoni oktyabr oyining ikkinchi dam olish kunlarida bo'lib o'tadi. Shimoliy Brabant provinsiyasidagi eng yirik ikki kunlik sport tadbiri xalqaro obro'ga ega bo’lib, shaharliklar ayniqsa yoshlar uchun ajoyib voqeadir. 1991 yildan beri o’tkazilib kelinayotgan marafonda 60 xil millat vakillari ichida bu safar O’zbekistonlik vatandoshlaringiz ham ishtirok etishdi.

Marafon tashlikotchilari shahar munisipaliteti, Braband Sport, ASML, RSM, JUMBO va AA drink hisoblanadi. Bu safar tadbirga Jumbo mini Marafon, RSM City Run, ASML yarim marafondan tashqari 10 va 21 km ommaviy poygalar hamda 12 kmni piyoda bosib u’tish turlari kiritildi. Oktyabr oyining 8 sanasida bo’lib o’tgan RSM City Run - 5 kmlik ommaviy poygada men 8 yoshli o’glim bilan ishtirokchilar bilan belgilangan masofani bosib o’tdik.

ASML Eindhoven Marafoni nafaqat sport tadbiri bo’lib qolmasdan, balki aloqa va innovatsiya ramziga ham aylanib kelmoqda. Xorijdan kelgan expatlar bilan aloqani boglash va innovatsiya yaratish bilan birga marafonda shahar bo'ylab yugurish partiyasini ham yaratishmoqda. 25 000 dan ortiq yuguruvchilarning harakatlarini 200 000 dan ortiq tomoshabinlar ishtiyoq bilan marraga kuzatishadi. O’zbekiston bayrog’ini band ko’tarib omma orasida yursangiz siz hech qachon unutmaydigan tuyg’uga ega bo’lar ekansiz! Marraga yetib kelganimizda marafondan estalik sifatida medallar taqdim etishib fotosuratlarga tushirishdi. Birinchi marta bunday katta sport tadbirida vatanimiz nomidan qatnashganimizdan judayam xursand bo’ldik ham faxrlandik.